№ |
Davlat moliyaviy nazorati tadbirlari mazmuni |
Nazorat tadbiri oʻtkazish vaqti |
Nazorat tadbiri oʻtkaziladigan obʼektlar nomi |
Ijrochi boshqarma va boʻlimlarning nomi |
I. Byudjet qonunchiligi talablariga rioya qilinishi boʻyicha |
1. |
Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi “DMBAT” hamda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisob-kitoblarini yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi “UzASBO” dasturiy majmualari vositasida byudjet mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan kameral nazoratni amalga oshirish |
2018 yil 1 martdan boshlab yil davomida |
Byudjet tashkilotlarida(kameral nazorat) |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
2. |
Moliya vazirligida va hududiy moliya organlarida roʻyhatdan oʻtkazilgan byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetalari va jamlanma shtatlar jadvallarini, shuningdek xarajatlar smetalari va shtat jadvallarining toʻgʻri tuzilganligi yuzasidan kameral nazorat oʻtkazish |
2018 yilning I va II choraklarida |
Moliya vazirligining tegishli boshqarmalari hamda hududiy moliya organlari |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari, Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi |
3. |
Respublika va mahalliy byudjetlardan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi (jumladan, borish qiyin boʻlgan tumanlarda joylashgan) tashkilotlarning birinchi darajali xarajatlarini, yaʼni ish haqi, ijtimoiy nafaqa, stipendiya toʻlovlari uchun mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻtkazib berilishi yuzasidan Gʻaznachilik boʻlinmalarida kameral nazorat olib borish |
Yil davomida |
Viloyat moliya va Gʻaznachilik boshqarmalari va ularning boʻlinmalari |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
4. |
Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi “DMBAT” hamda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisob-kitoblarini yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi “UzASBO” dasturiy majmualari vositasi yordamida aniqlangan byudjet qonunchiligining buzilishi holatlari yuzasidan byudjet tashkilotlarida kameral nazorat ishlarini amalga oshirish |
Yil davomida |
Gʻaznachilik boshqarmalari va ularning boʻlinmalari hamda ular xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
5. |
Byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan “UzASBO” dasturiy majmuasi vositasi yordamida kameral nazorat ishlarini amalga oshirish |
Yil davomida |
Byudjet tashkilotlarida(kameral nazorat) |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
6. |
Byudjet tashkilotlarining 4-guruh xarajatlarini xarajat moddalari boʻyicha mablagʻ sarflanishi yuzasidan “UzASBO” dasturiy majmuasi vositasi yordamida kameral nazorat ishlarini amalga oshirish |
Yil davomida |
Byudjet tashkilotlarida(kameral nazorat) |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
7. |
Byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar buyicha olingan qoʻshimcha daromadlarining shakllanishi va ularni maqsadli sarflanishini yuzasidan kameral nazorat ishlarini olib borish |
Yil davomida |
Byudjet tashkilotlarida hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari maʼlumotlari asosida |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari, vazirlikning bosh boshqarma va boshqarmalari |
8. |
Byudjet tashkilotlariga kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik koʻrish uchun rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz muddatlarida ajratilishi hamda uning maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring olib borish |
2018 yilning III va IV choragida |
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarida hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari maʼlumotlari asosida |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari, vazirlikning bosh boshqarma va boshqarmalari |
9. |
Hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalarida byudjet qonunchiligiga rioya etilishini oʻrganish |
Moliya vaziri tasdiqlagan jadval asosida |
Hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari, vazirlikning bosh boshqarma va boshqarmalari |
II. Davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish boʻyicha |
10. |
Davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa jamgʻarmalar, shuningdek Moliya vazirligi huzuridagi jamgʻarmalar mablagʻlarining sarflanishi yuzasidan kameral nazoratni olib borish |
Yil davomida |
Davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalar, Moliya vazirli huzuridagi boshqa jamgʻarmalar |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan fuqarolarga pensiya, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni tayinlanishi yuzasidan kameral nazorat ishlarini olib borish |
Yil davomida |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari, AT "Xalqbanki" va boshqa tijorat banklari tomonidan fuqarolarga pensiya, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni toʻlanishi yuzasidan kameral nazorat ishlarini olib borish |
Yil davomida |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari, AT "Xalqbanki" va boshqa tijorat banklari |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
13. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni tayinlanishi va toʻlanishi yuzasidan kameral nazorat ishlarini bajarish |
Yil davomida |
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
14. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2018 yilda bajariladigan qurilish, rekonstruktsiya, kapital taʼmirlash ishlari yuzasidan tuzilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda moliyalashtirish va bajarilgan ishlar yuzasidan (tuzilgan birlamchi buxgalteriya hujjatlarni tahlil qilish orqali) kameral nazorat ishlarini oʻtkazish |
Yil davomida |
Hududiy hokimliklar Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari, Oliy va oʻrta-mahsus taʼlim vaziligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Birlashgan qurilish direktsiyasi |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan yoʻl va boshqa obʼektlarda 2018 yilda bajariladigan qurilish, rekonstruktsiya, kapital taʼmirlash ishlari yuzasidan tuzilgan loyiha-smeta hujjatlarini, moliyalashtirilgan mablagʻlarni va bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan birlamchi buxgalteriya hujjatlarni tahlil qilish orqali kameral nazorat ishlarini oʻtkazish |
Yil davomida |
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobilь yoʻllari davlat qoʻmitasi tarkibidagi tashkilotlar hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalar |
DMNBB va uning hududiy boshqarmalari |
16. |
Meliorativ dastur doirasida sugʻoriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida 2018 yilda qurilish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari yuzasidan tuzilgan loyiha-smeta hujjatlarini, moliyalashtirilgan mablagʻlarni va bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan birlamchi buxgalteriya hujjatlarni tahlil qilish orqali kameral nazorat ishlarini oʻtkazish |
Yil davomida |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha departamenti, hududiy "Suvqurilishinvest DUKlarda |
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari |
III. "Oʻzpaxtasanoat" AJ tizimidagi paxta tozalash korxonalari tomonidan 2018 yil hosilidan paxta xom ashyosini qabul qilish boʻyicha |
17. |
"Oʻzpaxtasanoat" AJ tizimidagi paxta tozalash korxonalari tomonidan 2018 yil hosilidan qabul qilingan paxta xom ashyosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (paxta xom-ashyosi miqdorini) statistik hisobotlarga mos kelishi yuzasidan kameral nazorat ishlarini olib borish |
2018 yilning III va IV choraklarida |
"Oʻzpaxtasanoat" AJ tizimidagi paxta tozalash korxonalari |
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi |
IV. Moliya inspektori lavozimi joriy etilgan korxonalarda aktsiz soligʻini toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi boʻyicha |
18. |
Moliya inspektori lavozimi joriy etilgan korxonalarda aktsiz soligʻini toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda aktsiz markalari bilan markalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish |
Yil davomida |
Moliya inspektori lavozimi joriy etilgan korxonalar |
Moliya inspektorlari va bosh moliya inspektori |
V.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi rahbariyati topshiriqlari boʻyicha |
19. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Farmoyishlari va Hukumat yigʻilishi bayonnomalari asosida hamda Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan yuklatilgan topshiriqlar asosida tematik nazorat tadbirlari oʻtkazish |
Yil davomida |
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarda |
Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari,Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi va hududiy moliya organlari |